Mirabad Square — Apex Development kompaniyasining debyut loyihasi bo‘lib, u Britaniyaning dunyoga mashhur Chapman Taylor me’morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Loyiha yettita takrorlanmas rezidensiyani birlashtiradi. Ularning har biri o‘zining noyob nomiga, konsepsiyasiga va o‘ziga xos me’moriy qiyofasiga ega. Mirabad Square g‘oyasi bitta turar joy dahasi doirasida boy infratuzilmani yaratishga asoslangan — bu o‘zining eng qimmatli resursi bo‘lgan vaqtni qadrlaydigan insonlar uchun mo‘ljallangan.
Bu yerda shinam hayot, samarali ish va maroqli hordiq uchun barcha sharoitlar ko‘zda tutilgan: aholi uchun yopiq infratuzilma, zamonaviy ofislar, xalqaro maktab va bog‘cha, shuningdek, bir qadamlik masofada joylashgan premium-toifadagi fitnes-markaz va klinika mavjud. Hududning o‘ziga xos muhitini yangi markazga aylanadigan restoranlar jamlangan sayilgoh-bog‘ hamda jahon brendlari butiklari o‘rin olgan shopping-avenyu to‘ldirib turadi.