Mirabad Square doirasida yetakchi xalqaro landshaft dizayn studiyasi L.BURO bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2,6 gektar maydonga ega jamoat xiyobon-bog‘i quriladi.
"Shahar ichidagi shahar"
Mirabad Square rivojlangan infratuzilma g'oyasidan ilhomlangan bo'lib, bu yerda qulay hayot, dam olish va ishlash uchun zarur bo'lgan barchasi piyoda yetib borish masofasida joylashgan: rezidentlar uchun shaxsiy infratuzilma, xalqaro maktab va bog'cha, A va B klassidagi biznes-markazlar, jahon brendlari butiklari o'rin olgan shopping-avenyu, shuningdek, premium-klassdagi fitnes-markaz va klinika.
Loyiha konsepsiyasining asosiy elementi — bu nafaqat majmua rezidentlari, balki poytaxtimizning barcha aholisi va mehmonlari uchun mo'ljallangan, restoran va qahvaxonalari bo'lgan shaxsiy sayr xiyobon-bog'idir.
Markaziy xiyobon-bog‘ Mirabad Square umumiy maydonining 18% qismini egallaydi va turar-joy mavzesi ichida to‘laqonli bog‘ hududini tashkil etadi. Bu — shahar shiddati sekinlashadigan, yam-yashil o‘simliklarga burkangan 2,6gektarlik hududdir.
Shahar infratuzilmasining shakllanishi va Mirobodning yangi qiyofasi
Sayr xiyobon-bog'i hududida qalin soya beruvchi bargli daraxtlar, ko'plab butalar va gullaydigan o'simliklar ekiladi. Park perimetri bo'ylab suv havzalari va favvoralar tizimi joylashtiriladi; ular hatto eng issiq kunlarda ham yoqimli salqinlik baxsh etadi.
Avtomobillardan butunlay xoli bo'lgan xushmanzara piyodalar xiyobonlari ertalabki yugurish va xotirjam sayrlar uchun ideal yo'nalishga aylanadi. Padel-kortlar bo'sh vaqtni ochiq havoda faol va foydali o'tkazish imkonini beradi; qulay terrasalarga ega shinam qahvaxona va restoranlar esa do'stlar bilan samimiy uchrashuvlar hamda ochiq osmon ostidagi jonli oilaviy oqshomlar maskaniga aylanadi.
"Maydoni 2,6 gektar bo'lgan xiyobon-bog'ni yaratish qarori — bu bizning zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga qo'shgan ongli hissamizdir. Mirabad Square "shahar ichidagi shahar" konsepsiyasi asosida qurilmoqda va butun tumanning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi ko'zda tutilgan. Jamoat xiyobon-bog'i barcha shahar aholisi uchun poytaxt markazidagi yangi joziba markazi, rezidentlar uchun esa kundalik hayot tarzining ajralmas qismiga aylanadi."
Shuhrat Shamsutdinov,
Apex Development va Apex Construction bosh direktori
Mirabad Square rezidentlarining qulayligi
Mirabad Square ikki darajali qulaylik tamoyili asosida loyihalashtirilmoqda: bu yerda shahar uchun ochiqlik rezidentlarning shaxsiy daxlsizligi bilan uyg'unlashgan.
Umumiy xiyobon-bog‘dan tashqari, har bir rezidensiyada faqatgina aholi uchun mo‘ljallangan shaxsiy yopiq hovli-bog‘va qulayliklar ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, shahar muhitiga qo‘shilgan hissa e’lon qilingan daxlsizlik darajasiga zid kelmaydi.
L.BURO bilan hamkorlik
Xiyobon-bog‘ning landshaft arxitekturasi konsepsiyasi xalqaro tajribaga ega yetakchi Rossiya studiyalaridan biri — L.BURO tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Byuroning ish uslubi an’anaviy landshaft dizayni doirasidan chetga chiqadi — jamoa loyihalarni o‘ziga xos Skandinaviya bog‘lari® mualliflik uslubida amalga oshiradi; bunda obodonlashtirish premium mavzening falsafiy davomiga aylanadi.
L.BURO jamoat joylaridagi landshaftni shunday loyihalashtiradiki, u me'morchilik ichidagi joziba markaziga aylanadi. Jamoa hududni turli toifadagi shahar aholisi, ularning qiziqishlari va vazifalari uchun shaxsiy bo'lib qolishini ta'minlagan holda, obodonlashtirish orqali tumanning o'ziga xos kodini aks ettira oladi.
"Biz har bir loyihaga hissiy tarixni — inson, tabiat va shahar o'rtasidagi muloqot ssenariysini joylaymiz. Buni relyef darajalari, taktil tekstura va puxta o'ylangan yoritish tizimi orqali hayotga tatbiq etamiz. Hurmatli quruvchi Apex Development bilan hamkorlikda o'z tajriba va ekspertizamizni qo'llashdan mamnunman. Bizda allaqachon dastlabki g'oyalar mavjud. Butun jamoamiz bilan Toshkentning qoq markazidagi yettita ko'p qavatli rezidensiyalar ichida Skandinaviya bog'i konsepsiyasi ustida ishlamoqdamiz."
Pyotr Lari,
L.BURO landshaft studiyasi asoschisi va bosh arxitektori
Yaqin vaqt ichida Apex Development jamoasi xiyobon-bog‘ning batafsil vizualizatsiyalari va jamoat maydoni konsepsiyasi haqida yanada kengroq ma’lumotlar bilan bo‘lishadi.
Loyiha haqida batafsil ma'lumotni Mirabad Square sotuv ofisidan bilib olishingiz mumkin.
Telefon: +998 55 055 55 55
Sotuv ofisi manzili: Mirobod tumani, Avliyo-Ota ko'chasi, 124