Mirabad Square o‘z vaqtini, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni va bir qadamlik masofadagi puxta o‘ylangan infratuzilmani qadrlovchilar uchun yaratilgan.

Loyihaning birinchi loti — Mirabad Towers rezidensiyasi o‘zining yuqori investitsion salohiyatini tasdiqlab ulgurdi: sotuvlar boshlanganidan buyon 7 oy ichida xonadonlarning 80 foizi sotildi, qiymat o‘sishi esa 35 foizgacha yetdi.

25-may kuni hamkorlar va taklif etilgan mehmonlar uchun yopiq tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Apex Development bosh direktori Shuhrat Shamsutdinov Regent Park konsepsiyasi va yangi lotning asosiy afzalliklari bilan tanishtirdi.

Tadbirning maxsus mehmoni markaziy xiyobon-bog‘ loyihasi konsepsiyasini taqdim etgan xalqaro L.BURO arxitektura studiyasining asoschisi va bosh me’mori Pyotr Lari bo’ldi.

Regent Park’ning asosiy afzalliklari:

Daikin markaziy konditsionerlash tizimi;

— konvektorli isitish tizimi;

— panoramali oynalar;

Philips aqlli eshik qulflari;

— rezidentlaruchun shaxsiy infratuzilma;

— maydoni 4 314 m² boʻlgan har faslga mos xiyobon-bog’.

Rezidensiyaga yaqin hududda xalqaro maktab va bolalar bog‘chasidan iborat ta’lim klasteri joylashgan.

Mirabad Square ikkinchi lotining sotuvlari rasman ochildi. Hozirgi bosqichda xaridorlar premium toifadagi ko‘chmas mulkni sotuvlar boshlanishidagi eng qulay shartlar asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.

APEX BANK bilan hamkorlikda 10 yilgacha muddatga mo‘ljallangan moslashuvchan muddatli to‘lov dasturi mavjud.

Batafsil ma’lumot olish uchun Mirabad Square’ga shaxsiy maslahatga yoziling:

+998 55 055 55 55

Sotuv ofisi manzili: Mirobod tumani, Avliyo Ota ko‘chasi, 124