APEX BANK va Apex Development strategik sheriklik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Kelishuv doirasida kompaniyalar Mirabad Square turar joy majmuasidan xonadon sotib oluvchilar uchun maxsus Prestige muddatli to‘lov dasturini ishga tushirmoqdalar.
Dastur maxsus shartlarni — premium-klassdagi uylarni xarid qilishni yanada hamyonbop qiladigan, 10 yilgacha muddatga 0% stavkali muddatli to‘lovni ko‘zda tutadi.
Ushbu tashabbus qulaylik, barqarorlik va kelajakka bo‘lgan ishonchni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. APEX BANK va Apex Development taqdim etayotgan yangi imkoniyatlar tufayli ko‘chmas mulk xaridi mijozlar uchun maksimal darajada qulay va foydali bo‘ldi.
Dasturning asosiy shartlari:
· Kredit muddati: 3 oydan 120 oygacha;
· Foiz stavkasi: 0%dan boshlab;
· Boshlang‘ich to‘lov: 25%dan boshlab;
· Ortiqcha to‘lovlarsiz — hech qanday ustama, jarima yoki penyalar yo‘q;
· Arizani ko‘rib chiqish: to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgandan so‘ng 1 ish kuni ichida qaror qabul qilinadi;
· Rasmiylashtirish: turar joy majmuasining sotuv ofisida.
Har bir xaridor o‘zining shaxsiy imkoniyatlari va xohishlaridan kelib chiqib, ko‘chmas mulk sotib olishning o‘zi uchun eng qulay usulini tanlashi mumkin — bu ortiqcha to‘lovlarsiz qulay muddatli to‘lov bo‘ladimi yoki moslashuvchan foiz stavkali ipoteka bo‘ladimi:
· 60% boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilganda — 110 oygacha bo‘lgan muddatga 0% stavkali muddatli to‘lov;
· 25%dan boshlab boshlang‘ich to‘lov to‘langanda va yillik 16% stavka bilan — 10 yilgacha (120 oy) muddatga ipoteka.
Batafsil ma’lumot APEX BANK saytida.

